G‘alladan bo‘shagan yer maydoni aholiga takroriy ekin ekish uchun ajratildi

Buxoroda 4-sektor hududidagi “Hukumatobod” mahallasida yashovchi 187 nafar ishsiz aholi g‘alladan bo‘shagan yerlarda takroriy ekin ekib daromad ko‘radi.

Viloyatning Kogon tumanidagi “Hukumatobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi “Kenja Saidabonu Madad” fermer xo‘jaligining g‘alladan bo‘shagan yer maydonlari hududdagi 11 nafar “Yoshlar”, “Ayollar” hamda “Temir” daftarlarga kiritilgan ishsiz aholiga ajratib berildi.

Ular kelishgan holda bir xil mahsulot ya’ni parranda boquvchilar uchun tariq yetishtiradi. Yer maydonini ekin ekish ishlariga tayyorlashga hududdagi fermerlarning o‘zlari bosh-qosh bo‘ladi. Shuningdek, fermerlar yer olgan aholiga urug‘ yetkazib berish, yetishtirilgan mahsulotlarni sotishga ham ko‘maklashadi.

Sektor ishchi guruhining ma’lumotiga ko‘ra, shu kunga qadar viloyat bo‘yicha 4-sektor hududidagi g‘alladan bo‘shagan yerlarda qariyb 8 ming nafar ishsiz aholiga takroriy ekin ekish uchun yer ajratib berilgan.

 

Zarif Komilov, O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan