Yoshlar harbiy qismda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi

Yoshlar oyligi tadbirlari doirasida Buxoro garnizonidagi harbiy qismda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi. Unda harbiylar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Buxoro shahridagi «G‘uncha bolalar oromgohi» tarbiyalanuvchilari tadbir doirasida harbiy qismda bo‘ldi. Tadbirda bolajonlar harbiy qism yotoqxonasi, madaniy hordiq chiqarish xonasi, jangovar mashinalar parki, kutubxona, sport shaharchasi hamda askarlar oshxonasi bilan tanishtirildi.

– Harbiy qismdagi sharoitlarni ko‘rib men ham akalarimga o‘xshagan harbiy bo‘lishni o‘zimga maqsad qildim, – deydi shahardagi 9-umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi Sevinch Jo‘rayeva. – Yurtboshimiz tomonidan Vatan himoyachilari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rib havasim yanada ortdi. Ayniqsa, ularning jangovar tayyorgarligi, ma’naviy savodxonligini oshirish borasida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar menda katta taassurot qoldirdi.

– Yoshlar oyligi doirasida ko‘plab tadbirlar o‘tkazilmoqda, – deydi Buxoro garnizoni kichik serjanti Tolibjon Yo‘ldoshev. – Maqsadimiz yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni ona Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirishdan iborat. Tadbirda yoshlar harbiylar tomonidan o‘tkazilgan master-klassda ham qatnashdi.

Viloyatda yoshlar oyligi tadbirlari davom etmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: