Andijonda elektromobil ishlab chiqariladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27-may kuni Andijon viloyatidagi 105 gektar yerda «Mashinasozlik va elektrotexnika sanoat xabi» maxsus zonasini tashkil etish to‘g‘risida qaror imzoladi. Davlat rahbari Andijon viloyati faollar yig‘ilishida ushbu qarorga alohida to‘xtalib o‘tdi.

– O‘zavtosanoat tomonidan ushbu sanoat xabida 2021-2023-yillarda 80 million dollar investitsiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan.

Jumladan, cho‘yan detallarni quyish, ularga mexanik ishlov berish, rezina jipslovchi detallar, avtomobil oyna tozalagichlari, shassi uchun prujinalar ishlab chiqarish o‘zlashtiriladi.

Kecha men shuningdek elektromobillar ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq berdim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident tomonidan ta’kidlanishicha, ushbu loyihalar yetarli emas. Davlat rahbari shuni inobatga olgan holda «O‘zavtosanoat» (Umurzoqov) va «Eltexsanoat»ga (Yunusov) bir oy muddatda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha taklif ishlab chiqib, taqdimot qilish vazifasini yukladi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: