Niqob talab etiladigan oxirgi yakshanba — Ispaniya

26-iyundan boshlab Ispaniya ochiq havoda niqob taqishni bekor qiladi, dedi Bosh vazir Pedro Sanches.

«Bu ochiq havoda niqob taqiladigan oxirgi dam olish kunlari bo‘ladi», — dedi bosh vazir.

«Biz payshanba kuni Vazirlar Kengashining navbatdan tashqari yig‘ilishini o‘tkazamiz, u yerda ispan jamiyatiga 26-iyun — shanba kunidan boshlab ochiq havoda niqob taqish majburiyatini bekor qilish to‘g‘risida taklif kiritamiz», — dedi Sanches Barselonada so‘zga chiqib.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: