O‘zbekistonda dam olish kuni salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi

O‘zbekistonda 18—19-iyun kunlari kam bulutli ob-havo ustun bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim tog‘li tumanlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi ehtimoli bor, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

Qayd etilishicha, harorat kunduz kunlari 35-40 darajani tashkil etadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-3 darajaga yuqori. Ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha, shanba kuni ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 23-28 metr/sekundgacha kuchayadi.

20-iyun kuni Rossiyaning Yevropa hududlaridan salqin havo massalari kirib kelishi boshlanadi, bu havo massalari mamlakatning janubiy hududlariga qulay harorat olib keladi. Faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: