O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida 385 kishida koronavirus aniqlandi. To‘rt bemor vafot etdi

O‘zbekistonda 17-iyun kuni yana 385 kishida koronavirus tasdiqlanib, mamlakatda ushbu virusga chalingani rasman tan olinganlar soni 105 219 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 9 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 8 nafari Andijon viloyatida,
  • 14 nafari Buxoro viloyatida,
  • 17 nafari Jizzax viloyatida,
  • 9 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 65 nafari Samarqand viloyatida,
  • 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 72 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 14 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 3 nafari Xorazm viloyatida,
  • 37 nafari Toshkent viloyatida,
  • 123 nafari Toshkent shahrida

koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lgani sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, so‘nggi sutkada Qoraqalpog‘istonda 11 nafar, Buxoroda 6 nafar, Jizzaxda 20 nafar, Qashqadaryoda 12 nafar, Navoiyda 6 nafar, Namanganda 6 nafar, Samarqandda 50 nafar, Surxondaryoda 7 nafar, Farg‘onada 14 nafar Toshkent viloyatida 61 nafar hamda Toshkent shahrida 395 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 101 018 nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 717 nafarni tashkil qilmoqda. Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda bir kunda koronavirus oqibatida to‘rt kishining vafot etish holati so‘nggi bor 2020-yilning 1-noyabrida qayd etilgan. Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3484 nafar bemor davolanyapti.

Eslatib o‘tamiz, 16-iyunda 371 kishi, 15-iyunda 350 kishi 14-iyunda 300 kishi 13-iyunda 303 kishi, 12-iyunda 304 kishida koronavirus tasdiqlangandi.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: