Yana bir tahdid: Ukraina 30−40 yil ichida cho‘lga aylanishi mumkin

Iqlim o‘zgarishi tufayli Ukraina o‘ta yuqori havo harorati va iqlim halokatlari zonasiga o‘tmoqda, bu esa mamlakatni cho‘lga aylanishi bilan tahdid qilmoqda. Bu haqda mamlakat Atrof-muhit va tabiiy resurslar vazirligi ma’lum qildi, deya yozmoqda TASS.

«Yaqin 30−40 yil ichida mamlakatning yirik hududlari cho‘llanish xavfi tahdid qilmoqda», deyiladi xabarda. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Ukraina ekin maydonlari bo‘yicha dunyoda to‘qqizinchi o‘rinni egallaydi, — deyarli 33 mln gektar ekin maydonlari. Bundan tashqari, mamlakatdagi ekin maydonlarining 60 foizidan ortig‘i chernozem bilan qoplangan. Ta’kidlanishicha, 13 mln gektar qishloq xo‘jaligi yerlari suv eroziyasiga, 6 mln gektardan ziyod yer muntazam ravishda shamol eroziyasiga uchramoqda, 20 mln gektargacha yerlar chang bo‘roni bilan qoplanmoqda.

Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbarining maslahatchisi Mixail Apostol avvalroq so‘nggi 30 yil ichida qurg‘oqchilik tufayli mamlakatda 10 ming daryo yo‘qolganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina yaqin 20−30 yil ichida ichimlik suvini import qilishga majbur bo‘ladi.

Manba: aniq.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: