Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Toshkentga keldi

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani bugun Toshkentga amaliy tashrif bilan keldi.

Afg‘oniston rahbari 15-16-iyul kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» xalqaro konferensiyasida ishtirok etadi.

Ushbu xalqaro tadbirda qator davlat vakillari, jumladan Pokiston bosh vaziri Imron Xonning ham ishtiroki kutilmoqda.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: