Shavkat Mirziyoyev Tojikiston tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 26-iyul kuni Markaziy va Janubiy Osiyoning mintaqaviy bog‘liqligi bo‘yicha xalqaro konferensiya dasturi doirasida Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddinni qabul qildi

Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, 2021-yilning 11—12-iyun kunlari Tojikistonga amalga oshirilgan oliy darajadagi tarixiy tashrifning samarali natijalari yuqori baholandi, ular mamlakatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlab, aniq mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin davlat rahbariga Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning birodarlik salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda qabul qilingan “yo‘l xaritasi” asosida iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi ustuvor loyihalarni va madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini ilgari surish masalalari muhokama qilindi.

Mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar — Afg‘onistondagi vaziyat hamda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchilari va Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitlariga tayyorgarlik ko‘rib chiqildi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev ushbu xalqaro konferensiya doirasida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ini, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni, Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankarni, Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdini qabul qilgandi.

Davlat rahbari, shuningdek, Afg‘oniston hamda Pokiston prezidenti bilan uchrashdi, Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelni qabul qildi.

Manba: daryo.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: