Koronavirus va pnevmoniyaga chalinish bo‘yicha salbiy rekord qayd etildi

Kecha yurtimizda koronavirus aniqlanganlar soni qariyb 600 nafarga, pnevmoniya qayd etilganlar soni esa qariyb 500 nafarga yetdi, 5 nafar bemor vafot etdi.

2021-yil 18-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 119973 (+585) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 50 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 18 nafari Andijon viloyatida,
  • 15 nafari Buxoro viloyatida,
  • 63 nafari Jizzax viloyatida,
  • 18 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 12 nafari Navoiy viloyatida,
  • 35 nafari Namangan viloyatida,
  • 56 nafari Samarqand viloyatida,
  • 25 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 59 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 42 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 61 nafari Toshkent viloyatida,
  • 117 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Bundan tashqari, kecha kun davomida 462 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi.

Kasallikdan sog‘ayganlar jami 114865 (+562) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 5 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 801 nafarni tashkil qildi.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: