O‘zbekiston aholisi qanchaga ko‘paygani bo‘yicha ma’lumot e’lon qilindi

2021-yilning 1-iyul holatiga respublikamizning doimiy aholisi 34 860 170 kishini tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot bergan. 

Jumladan:

Shahar joylarda – 17,7 mln. kishi
Qishloq joylarda – 17,2 mln. kishini tashkil qilmoqda. 2021-yilning 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,7 mln. kishi yashayotgani aytilgandi.

2021-yilning yanvar-iyun oylarida respublikamizda 391 258 ta tug‘ilish qayd etilgan.

Manba: xabar.uz

Fikr bildirish

E-pochta manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy ma'lumotlar * bilan belgilangan

Imloviy xato to‘g‘risida bildirish

Ushbu matn mutassislarga yuboriladi: